Surxondaryoda o‘g‘il onasini vahshiylarcha bolta bilan o‘ldirdi
3-sahifa
−
03 Oktabr
18313Surxondaryo viloyatida erkak o‘z onasini bolta bilan chopib tashladi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1987 yilda tug‘ilgan o‘g‘il onasidan spirtli ichimlik iste’mol qilish uchun pul so‘ragan. Natijada ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan.
Ish hujjatlarida aytilishicha, sudlanuvchi mast holatda uyiga kelib, onasi bilan janjallashgan va uni bolta bilan chopib tashlagan.
Mazkur holat yuzasidan sud ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tumani sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumani sudida meros sabab onasini pichoqlab o‘ldirgan shaxsga hukm o‘qilgandi.
LiveBarchasi