Surxondaryoda suv ta’minoti ishchilarining maoshi berilmayotgani rostmi? Izoh berildi
Jamiyat
−
22 aprel 2023 8884 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo suv ta’minoti” MCHJning Boysun tuman bo‘limi xodimlariga maosh berilmayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holatga “O‘zsuvta’minot” AJ rasmiy munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda viloyat bo‘yicha ichimlik va oqava suvdan debitor qarzdorlik 55 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Shundan aholi qarzdorligi 52 mlrd 247 million so‘mni, yuridik va byudjet tashkilotlar qarzdorligi 2 mlrd 800 mln so‘mni tashkil qiladi. Bu esa jamiyat ishchi xodimlarining 22 oylik ish haqqi fondiga yoki 12 oylik suv iste’moliga teng degani.
Iste’molchilar to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagani bois tashkilot xodimlariga oylik maosh to‘lovlarida kechikish yuzaga kelmoqda va ushbu to‘lovlarni amalga oshirish uchun kredit mablag‘lari jalb qilinmoqda.
Joriy yilning 25 apreliga qadar tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar maoshi 1 aprel holatiga to‘liq to‘lab berish choralari ko‘rilayotgani aytilgan.
“Shu o‘rinda Surxondaryo viloyatida joylashgan yuridik tashkilot va fuqarolarimizdan ichimlik suvi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlarini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi