Surxondaryoda piyodani urib ketgan haydovchi 6 yilga qamaldi
3-sahifa
−
20 avgust
2711Surxondaryo viloyatida katta tezlik bilan kelib, piyodani urib yuborgan haydovchi 6 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 8 iyun kuni Surxondaryo viloyatida haydovchi tezlikni nazorat qilib bo‘lmas darajada oshirgan. Oqibatda 1 kishi jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Holat yuzasidan to‘plangan ish hujjatlari jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudida ko‘rib chiqilgan.
Haydovchiga nisbatan 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, haydovchining 5 nafar farzandi bor.
“Qilgan qilmishimdan pushaymonman. Faqat uzr so‘rayman”, deydi haydovchi.
Ma’lumot uchun, Surxondaryoda 2024 yilning avgust oyiga qadar 194 ta YTH sodir etilgan bo‘lib, ularning oqibatida 128 nafar inson turli tan jarohatlari olgan, 86 kishi vafot etgan. Tahlillarga ko‘ra, avtohalokatlar asosan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan haydovchilar bilan sodir bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida Nexia va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida haydovchi vafot etgandi.
LiveBarchasi