Surxondaryoda ona o‘z farzandini sotmoqchi bo‘ldi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida 2024 yilda dunyoga kelgan farzandini sotmoqchi bo‘lgan ona qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 23 yoshli ayol o‘zining 2024 yilda tug‘ilgan qiz farzandini 15 ming AQSH dollariga pullash evaziga Termiz shahridan uy-joy sotib olmoqchi bo‘lgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

U Termiz shahridagi restoranlarning birida farzandini sotib, kelgusida qaytib olmaslik haqida tilxat yozib berayotgan paytida maxsus xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.

Ayol xaridor boshida kichik summa aytganidan xafa bo‘lgan va odam sotayotganligini eslatgan.

“Men kartoshka sotmayapman, odam sotyapman. Mayli, 15 ming dollar bering. Kami yo‘q”, degan ayol.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi Jinoyat kodeksining 135-moddasida (odam savdosi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan 23 yoshli ayolni 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilgan.

Qayd etilishicha, qizchaning vasiyligi va tarbiyasi Jarqo‘rg‘on tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yuklatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax viloyatida 3 yoshli farzandini sotmoqchi bo‘lgan ota-ona qamalgandi. Aniqlanishicha, fuqaro o‘zining shar’iy nikohidagi turmush o‘rtog‘i bilan jinoiy til biriktirib, voyaga yetmagan 2021 yilda tug‘ilgan farzandini 3 million so‘m evaziga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

qamaldi Surxondaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing