Fohishaxona tashkil etgan 29 yoshli “Bonu” qamaldi
3-sahifa
−
03 fevral 13584 2 daqiqa
Samarqand shahrida fohishaxona tashkil qilish va qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan “Bonu” laqabli ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi. U 20 yoshli qizni 1 soatga 800 ming so‘mga “pullagan” vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Hujjatda keltirilishicha, joriy yilning 28 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida 1996 yilda tug‘ilgan ayolga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Sudlanuvchi Samarqand shahri “Afrosiyob” mahallasida joylashgan xonadonda pul evaziga jinsiy xizmat ko‘rsatish uchun sharoit yaratib kelgan. 2025 yil 4 sentyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u 2006 yilda tug‘ilgan qizni erkak mijozga bir soatga jinsiy aloqa qilish uchun taklif qilgan va bu xizmat uchun 800 ming so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, “Bonu” 2024 yil noyabr oyida ham xuddi shu jinoyat – fohishaxona tashkil qilgani uchun sudlangan va unga shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Biroq u sinov muddati davomida ham jinoiy faoliyatini to‘xtatmagan.
Sud majlisida ayblanuvchi aybini qisman tan olgan. U barcha harakatlarni tanishi tomonidan tahdid va bosim ostida amalga oshirganini aytgan. Ammo sud bu vajlarni tasdiqlanmagan va javobgarlikdan qochishga qaratilgan bayonot deb baholagan.
Jabrlanuvchi va guvoh sifatida so‘roq qilingan 20 yoshli qizning ko‘rsatuvlariga ko‘ra, “Bonu” mijozlarni o‘zi topib, kelishuvni o‘zi amalga oshirgan, pullarni taqsimlash va joy masalasini ham nazorat qilgan. U qizga xizmatlari uchun har oy 10 millon so‘mdan berib turishga o‘zaro kelishgan.
U Jinoyat kodeksining 131-moddasi (qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) 4-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 60-moddasiga asosan Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2024 yil 21 noyabrdagi hukmi bo‘yicha o‘talmay qolgan jazosi tayinlangan jazoga qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 3 yil 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazo umumiy tartibli koloniyada o‘talishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida 26 yoshli erkak o‘z uyida fohishaxona tashkil qilgani uchun qo‘lga olingandi.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral