AQŞ tarixida birinçi marta qora tanli ayol ştat gubernatori böladi

Olam

−

image

AQŞning Jorjiya ştatida gubernatorlik saylovida Demokratik partiya vakili Keyşa Lens Bottoms ğalaba qozondi. U mamlakat tarixida ştat gubernatori etib saylangan ilk qora tanli ayol böldi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.

Atlantaning sobiq meri respublikaçi nomzod, milliarder Rik Jeksondan köproq ovoz töplagan. Jekson saylovoldi kampaniyasiga öz mablağidan 200 million dollardan ortiq sarflagan. Şunga qaramay, u mağlubiyatini tan olgan.

Bottomsning ğalabasi Jorjiya uçun ham tarixiy ahamiyatga ega. Demokratlar 1998 yildan beri birinçi marta ştat gubernatorligi lavozimini qölga kiritdi. Saylov kampaniyasi davomida Bottoms iqtisodiy muammolarga e’tibor qaratgan va Prezident Donald Tramp ma’muriyati siyosatini tanqid qilgan.

Ğalabasini nişonlaş marosimida u siyosiy qaraşlaridan qat’i nazar, ştatning barça aholisi manfaatlarini himoya qilişga va’da bergan.

“Bugun kimga ovoz berganingizdan qat’i nazar, men butun Jorjiya uçun gubernator bölaman”, deydi Bottoms.

Yana bir tarixiy natija Nyu-Meksiko ştatida qayd etilgan. U yerda gubernatorlik saylovida Demokratik partiya vakili Deb Haaland ğalaba qozongan. U AQŞ tub aholisi vakillari orasidan ştat gubernatori etib saylangan birinçi ayol böladi.

Haaland Laguna-Pueblo xalqiga mansub. U 2018 yilda AQŞ Kongressi Vakillar palatasiga saylangan tub aholiga mansub ilk ikki ayoldan biri bölgan. Keyinçalik Jo Bayden ma’muriyatida içki işlar vaziri lavozimida ham işlagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Demokratik partiya vakili Abdul al-Said Miçigan ştati böyiça AQŞ Senatiga ötkazilgan saylovda respublikaçi Mayk Rojers ustidan ğalaba qozonib, mamlakat tarixida ilk bor Senatga saylangan musulmon nomzod bölgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing