Surxondaryoda Nexia bilan to‘qnashgan Damas jarlikka quladi (video)

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida Damas avtomobili Nexia-3 avtomashinasi bilan to‘qnashdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 23 iyul kuni soat 11:00 atrofida Sariosiyo tumanining “Nilu” MFY hududidan o‘tgan 4R107 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. 37 yoshli Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Nexia-3 mashinasiga urilgan.

So‘ngra Damas jarlikka tushib ketib, ag‘darilgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida uning 17 yoshli yo‘lovchisi tan jarohati olib tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida Nexia-3 haydovchisi rulda uxlab qolishi sababli mashina yo‘l chetiga chiqib, bir necha marta ag‘darilib tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Damas Nexia jarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made