Surxondaryoda mahalla raisi o‘qituvchilar bilan janjallashdi

3-sahifa

image

Surhondaryo viloyati Bandixon tumani “Navro‘z” mahallasida mahalla raisi o‘qituvchilar bilan janjallashgani tasvirlangan videolavha tarqaldi. Videoda aks etgan holat bo‘yicha viloyat hokimligi matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat viloyat hokimining shaxsan nazoratiga olinib, o‘rganish uchun ishchi guruhi tuzilgan.

Holat qachon sodir bo‘lgani va bunga kim sabab bo‘lgani haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q.

Hokimlikka ko‘ra, o‘rganish natijalari to‘g‘risida batafsil axborot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Yashnobod tumanidagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklagan edi. Keyinchalik Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning topshirig‘i bilan janjalli voqea hamda muassasadagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rganilgan.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

janjal mahalla raisi o'qituvchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing