Toshkentda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
3-sahifa
−
10 mart 2023
11569Toshkent shahridagi maktablarning birida o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi. Hozirda o‘qituvchi ayol javobgarlikka tortildi.
Qayd etilishicha, mazkur holat joriy yilning 2 mart kuni poytaxtdagi maktablardan birida sodir bo‘lgan. O‘qituvchi tomonidan kaltaklangan bola 8 sinfda o‘qigan.
“Mazkur holat biologiya darsida sodir bo‘ldi. O‘qituvchi dars boshlamoqchi bo‘lgan, ammo kaltaklangan o‘quvchi telefonini olib yonidagi sinfdoshlarini rasmga olgan. Muallim o‘quvchisini bir necha marotaba ogohlantirgan. Ammo u ushbu harakatini davom ettiravergan. Shundan so‘ng pedagog bolaning telefonini olib qo‘ygan. U esa bunga qarshilik ko‘rsatib, ustoziga gap qaytargan. O‘qituvchi esa jahli chiqib o‘quvchini kaltaklagan”, deydi maktab xodimi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar Yashnobod tuman sudida o‘qituvchiga oid ma’muriy sud ishi ko‘rib chiqilgan. Sud qaroriga ko‘ra, o‘qituvchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan.
Unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarida jarima jazosi tayinlangan.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar