Surxondaryoda ko‘chada qizni do‘pposlagan erkak ushlandi
3-sahifa
−
05 may 2023 9990 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatida ko‘chada qizni do‘pposlagan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, mazkur holat 22 aprel kuni Sariosiyo tumanining “Shirin” mahallasi hududida joylashgan “Chumchuqlijar” chegara postida sodir bo‘lgan. Denov tumanida yashovchi D.B. shu tumanda yashovchi K.I. ismli qizni duch kelgan joylariga qo‘li bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Shundan so‘ng 3 may kuni D.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, Buxoroda uch ayol va bir erkak oldindan kelishmovchiligi bo‘lgan ayolning uyiga kirib, uni “samosud” qilgandi.
Nurmuhammad Fayzullayev