Buxoroda 4 kishi bir ayolni “samosud” qildi (video)

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Buxoroda uch ayol va bir erkak oldindan kelishmovchiligi bo‘lgan ayolning uyiga kirib, uni “samosud” qildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Kogon tumani “Tutkunda” mahallasida uch nafar ayol va bir erkak o‘zaro oldindan til biriktirib, shu mahallada yashovchi o‘zlariga oldindan tanish bo‘lgan ayolning uyiga kirishgan.

Ular ayol bilan oldindan bo‘lgan kelishmovchilikni ro‘kach qilib, uni yotoqxonasiga olib kirishgan va sochlarini kesib tashlashgan.

Bundan tashqari, ular “samosud” jarayonini telefonda videoga olib, internetda tarqatish bilan qo‘rqitishgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ayol yengil turdagi tan jarohati olgan. Tezkor tadbir davomida jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda ayol bir necha ayollar tomonidan “samosud” qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro samosud Kogon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing