Surxondaryoda kelinni uy-joy talashib kaltaklagan qaynog‘aga chora ko‘rildi
Jamiyat
−
08 may 2021
19357Avvalroq Surxondaryo viloyati Denov tumanida kelin qaynog‘asi tomonidan tepib kaltaklangani haqida xabar bergan edik. X.Gulmurodning uy-joy masalasida Q.Sarvinozga nisbatan sodir etgan huquqbuzarligi Denov tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqildi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Denov tuman sudining joriy yil 7 may kunidagi qarori bilan X.Gulmurodga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan aybli deb topilib, eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Tomonlarning uy-joy masalasidagi nizo fuqarolik tartibida hal qilinishi tushuntirilgan.
Ma’lumot uchun, fuqaro Q.Sarvinozning murojaatlari yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tish to‘g‘risida qaror berilgan. Fuqaroning olgan tan jarohati “yengil tan jarohati” toifasiga kiradi, deb xulosa chiqarilgan.
LiveBarchasi