Surxondaryoda ikki qavatli savdo do‘koni yonib ketdi
3-sahifa
−
31 may 2023
6826Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida ikki qavatli aralash mollar savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Bugun, 31 may kuni soat 05:11 da Sho‘rchi tumani “Bobotog‘” mahallasida joylashgan ikki qavatli aralash mollar savdo do‘konining 2-qavatining 85 kv metr maydonida yong‘in sodir bo‘lgan va binoning shift qismi yongan. Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 05:14 da yetib borib, yong‘in soat 06:40 da batamom o‘chirilgan.
Yong‘in qutqaruvchilarining say-harakatlari natijasida binoning 1-qavati hamda 200 kv metr joyi saqlab qolingan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar organlari mas’ullari va boshqa mutasaddilar yetib borgan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida kafelardan biri yonib ketgandi.