Surxondaryoda davlat yerini sotishga uringan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
15 Sentabr 4995 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida davlat zaxirasidagi 40 sotix yerni 200 mln so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro U.Ch.ning Surxondaryo viloyati IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Kadastrlar palatasining Jarqo‘rg‘on tumani filiali xodimi O‘.B. fuqaro B.R. bilan til biriktirib, ariza muallifiga Jarqo‘rg‘on tumani, Ismoiltepa mahallasida joylashgan davlat zaxirasidagi 40 sotix yer maydonini 200 mln so‘m evaziga sotishi va 4 mln so‘m evaziga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishlarini aytgan. Ular kelishilgan 204 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlarini olib borishga kirishilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Furqat tumanida davlatning 22 sotix yer maydonini 52 ming AQSH dollariga sotishga uringan shaxslar ushlangandi.
Live
Barchasi