Surxondaryoda advokat 50 ming dollar pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida ayblanuvchiga yengilroq jazo tayinlashda yordam berish uchun 50 ming dollar pora olgan advokat ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Jarqo‘rg‘on tumanida faoliyat yurituvchi advokatlik hay’ati advokati ichki ishlar idoralari tomonidan qo‘zg‘atilib, hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha mazkur tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha sud idoralaridagi mansabdor tanishlari orqali ayblanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishida yordam berish evaziga 60 ming AQSH dollari talab qilgan.

DXX va Prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat so‘ralgan pul mablag‘idan 50 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Bildirilishicha, hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida jinoyat ishi bo‘yicha shikoyatni qanoatlantirib berish evaziga sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo pora advokat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing