Surxondaryo va Qashqadaryoda ertadan o‘qish boshlanmaydigan bo‘ldi

Jamiyat

image

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til 18 yanvarga qadar uzaytirildi. Bu haqda har ikki viloyat hokimliklarining Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyatida sovuq ob-havo sharoiti saqlanib qolayotgani sababli hududdagi mavjud umumta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida qishki ta’til 18 yanvarga qadar uzaytirilgan.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidagi barcha turdagi ta’lim muassasalari – oliy hamda professional ta’lim muassasalari, akademik litseylar, umumta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘shimcha ta’til 18 yanvarga qadar belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Andijon, Xorazm, Namangan, Toshkent viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi, Farg‘ona, Buxoro va Sirdaryo viloyatlari ta’lim muassasalarida qishki ta’til 18 yanvarga qadar uzaytirilgandi. 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 11 yanvardan boshlab oliy hamda professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashg‘ulotlari boshlanishini e’lon qilgandi.

Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi esa joriy yilning 5 yanvar kuni anomal sovuq sabab O‘zbekistondagi barcha maktablarda qishki ta’til 17 yanvargacha uzaytirilgani, 2022-2023 o‘quv yilining III choragi 2023 yilning 18 yanvaridan boshlanishini bildirgandi. Biroq, joriy yilning 10 yanvar kuni qishki ta’til davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda, mahalliy hokimliklarga berilganini aytib chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Maktab ta'til

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing