Suriyadagi terror tashkilotning o‘zbekistonlik yetakchisi o‘ldirildi

3-sahifa

image

Suriyadagi “Katibatul Imom al-Buxoriy” xalqaro terrorchilik tashkilotining o‘zbekistonlik yetakchisi jangovar harakatlar vaqtida o‘ldirildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2009-2010 yillarda Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida “Jihodchilar jamoati”ni tashkil qilib, unga boshchilik qilgan hamda qidiruvda bo‘lgan B.U. Suriyadagi jangovar harakatlar chog‘ida halok bo‘lgan.  

2011 yilda jamoat a’zolarining ko‘pchiligi huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olinganidan so‘ng, uning boshqa a’zolariga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Ushbu voqealar fonida Rossiyada safarida bo‘lgan “Termiz jamoati” a’zolari Turkiyaga qochib ketgan. 2013 yilning may oyida U.B. Suriyada “Katibatul Imom al-Buxoriy” xalqaro terrorchilik tashkilotini tuzgan. 

Unga nisbatan 2013 yil huquq-tartibot idoralari tomonidan Jinoyat kodeksining 2442 -moddasi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya o'zbekistonlik terror

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing