Suriya Prezidenti Rossiya vaksinasi bilan emlandi
Olam
−
03 iyun 2021 3234 1 daqiqa
Suriya Prezidenti Bashar Asad Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda Suriyaning Moskvadagi elchisi Riyod Haddad ma’lum qildi.
Diplomat shuningdek, “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasi Suriyaga yetkazib berilishini aytdi.
“Sputnik V”, allaqachon, Suriyada. Vaksinaning birinchi partiyasi mamlakat shifokorlari va yuqori lavozimli amaldorlarini emlash uchun ishlatilgan. Endi aholi emlanmoqda”, deydi Xaddad.
Shuningdek, u Suriyaga yetkazib berilgan vaksinaning aniq miqdorini ayta olmasligini qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, avvalroq Bashar Asad to‘rtinchi bor Suriya Prezidenti yetib saylandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarish to‘g‘risida kelishib olgan edi. Shundan so‘ng, O‘zbekistonga yana 70 ming doza Rossiya vaksinasi keltirildi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28