Superligadagi beo‘xshov hazil muallifi ehtiyotsizligi uchun uzr so‘radi

Sport

image

Avvalroq, futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati 2-turi doirasida bo‘lib o‘tgan “Andijon” - “Bunyodkor” uchrashuvining 32-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Usmonali Ismonaliyev “Andijon” a’zosi Muhammadkarim Toirovga qilgan beo‘xshov hazili uchun hakam Aziz Asimov tomonidan maydondan chetlatilgani xabar qilingandi. Mazkur holat yuzasidan “Bunyodkor” a’zosi Ismonaliyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Muhammadkarim bilan yoshlikdan katta bo‘lganmiz, 3 yil bir jamoada to‘p tepdik. Og‘ir kunlarimizda bir-birimizni qo‘lladik, yonma-yon bo‘ldik. Oilaviy bordi-keldimiz bor. Qisqasi, u bilan aka-ukadek yaqinmiz, qalinmiz. Hazillashganim uchun qoidaga amal qilishdi, chetlatishdi, e’tiroz yo‘q. Toirov o‘sha vaqtda hakamga “qizil kartochka ko‘rsatmang” demoqchi edi, ulgurmay qoldi, chunki uni yiqitishdi. Buning uchun o‘zi mendan uzr so‘radi”, deydi Ismonaliyev.

Ismonaliyev o‘sha vaziyatda insoniylik ikkinchi “planga” tushganini bildirdi.

“Golimiz VAR'da tekshirilayotganda Muhammadkarim bilan hazillashdik. Boshqa jiddiy gap yo‘q. Vaziyatni chuqurlashtirish, muammo izlash, vahima ko‘tarish shart emas. Agar o‘sha hazilim uchun qizil kartochka ko‘rsatilishini bilganimda Muhammadkarimni oldiga umuman yaqinlashmasdim. Xo‘p, men chetlatildim, vaziyatni qo‘rqinchli qilib ko‘rsatish, Toirovni yiqitib, uni yotgan joyida tepish shart emas. Hakam cho‘ntagidan kartochka chiqardi, fikridan qaytmaydi. Hazillashganim uchun qoidaga amal qilishdi, chetlatishdi, insoniylik ikkinchi “planga” tushdi, e’tiroz yo‘q. Ehtiyotsizligim uchun muxlislar va murabbiylar shtabidan uzr so‘rayman”, deydi futbolchi.

Qayd etish joiz, o‘sha vaziyatda mezbonlar futbolchisi Farhod Bekmurodov Ismonaliyevdan zarba qabul qilib olgan Muhammadkarim Toirovni ayyorlik ishlatmaganlikda koyib, uni yerga yotishga majbur qilgan. Keyin esa jamoadoshiga nisbatan raqibning chetlatilayotgan futbolchisidanda beo‘xshov harakatni amalga oshirgan.

Holat bo‘yicha O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) esa sportchilarga xos bo‘lmagan xatti-harakati uchun Bekmurodovni jazolash masalasini Tartib-intizom qo‘mitasiga kiritishini bildirdi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Professional futbol ligasi Farhod Bekmurodov Muhammadkarim Toirov Usmonali Ismonaliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing