“Bunyodkor” yoshi “urilgan” futbolchi bilan bog‘liq xabarga munosabat bildirdi

Sport

image

Bir hafta oldin O‘zbekiston Professional futbol ligasi (O‘zPFL) rasmiy saytida “Yoshni kichraytirish bilan bog‘liq masala Liga tomonidan prokuraturaga oshirilgani” va maqolada “Bunyodkor” U-19 jamoasi safida ro‘yxatdan o‘tgan, ammo bugungi kunda yuridik tomondan klubga tegishli bo‘lmagan futbolchining ishi bo‘yicha Samarqand viloyati prokuraturasiga murojaat yo‘llangani bildirilgandi.

Mazkur holat bo‘yicha Toshkent klubi o‘z rasmiy sahifasida munosabat bildirdi.

“O‘zbekiston Professional futbol ligasi nazarda tutgan futbolchi 2022 yilning yanvar oyida “Bunyodkor” futbol klubi bilan ikki yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Ya’ni, futbolchi “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi emas, balki voha klublarining biridan jamoamiz safiga qo‘shilgan. 2022 yilgi mavsumda “Bunyodkor” U-19 safida ro‘yxatdan o‘tgan, mavsum davomida jami 12 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Bellashuvlarning 4 tasini asosiy tarkibda boshlagan bo‘lsa, 8 tasida zaxiradan qo‘shilgan. Umumiy hisobda 510 daqiqa maydonda to‘p surgan. 2023 yilning aprel oyida jamoaning yangi bosh murabbiyi Artur Kagirovning bildirgisi va tomonlarning o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnoma bekor qilingan”, deyiladi qaldirg‘ochlar munosabatida.

Shuningdek, “Bunyodkor” futbol klubi bu kabi ishlarga doimo qarshi bo‘lib kelganini va O‘zbekiston Professional futbol ligasi hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borishini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Bunyodkor O'zbekiston Professional futbol ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing