O‘zbekistonning o‘yini sabab “Bunyodkor”da tartibsizlik bo‘ldi (video)

Jamiyat

image

Kecha, 23 iyun kuni futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2-turi doirasida O‘zbekiston hamda Portugaliya terma jamoalari bahs olib bordi. Ushbu o‘yin Toshkent shahridagi Bunyodkor stadionida katta ekranda bepul namoyish etildi va joy muammosi sabab tartibsizlik sodir bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Portugaliya terma jamoalarining o‘yinini tomosha qilish uchun tashkil etilgan Bunyodkor stadionidagi fan-zonada belgilangan joylar to‘lganligi va bo‘sh o‘rinlar qolmaganligi munosabati bilan soat taxminan 21:00 larda stadionga kirish to‘xtatilib, tashrif buyurgan fuqarolarga boshqa tumanlardagi fan-zonalarga borish tavsiya etilgan.

Qayd etilishicha, ayrim fuqarolar bunga norozilik bildirib, o‘rnatilgan tartibga zid ravishda stadionga kirishga harakat qilgan. Stadionda aholi xavfsizligini ta’minlash uchun jalb etilgan ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya shaxsiy tarkibi tomonidan tezkorlik bilan jamoat tartibi tiklangan. Tartibni buzishga harakat qilgan fuqarolar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, ularning barchasi rasmiy ogohlantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘yinda O‘zbekiston millimy terma jamoasi Portugaliya milliy terma jamoasiga 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing