O‘zbekistonlik taniqli futbol hakamlarining faoliyati tugatildi
Sport
−
14 aprel
13584Sport musobaqalarining natijalariga ta’sir o‘tkazishga aloqdor bo‘lgan Aziz Asimov, Rahim Karimov, Akobirxo‘ja Shukurullayev, Abdurashid Xudoyberganov kabi o‘zbekistonlik hakamlarning faoliyatiga yakun yasaldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bugun, 14 aprel kuni O‘FA Etika qo‘mitasi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Professional futbol ligasining 2025 yil 9 yanvarida yuborgan 01/10-sonli xatiga asosan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi hakamlari Aziz Asimov, Rahim Karimov, Akibirxo‘ja Shukurullayev, Abdurashid Xudoyberganov va Firdavs Norsafarov sport musobaqalari natijlariga ta’sir o‘tkazishga aloqadorligi to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilgan.
O‘FA Etika qo‘mitasiga taqdim etilgan hujjatga asoslanib, qo‘mita tomonidan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi sobiq hakamlari Aziz Asimov, Rahim Karimov faoliyatida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklar uchun o‘z arizalariga ko‘ra hakamlik faoliyati tugatilgani, shuningdek, faoliyatida texnikxatolarga yo‘l qo‘ygan hakamlar Akobirxo‘ja Shukurullayev, Abdurashid Xudoyberganov hamda Firdavs Norsafarov esa hakamlik faoliyatidan vaqtincha chetlatilgani aniqlandi.
Etika qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston futbol hakamlari markazi hakamlari Akobirxo‘ja Shukurullayev, Abdurashid Xudoyberganov hamja Firdavs Norsafarovlarga nisbatan vaqtinchalik O‘zbekiston futbol hakamlar tomonidan Superliga, Proliga, Birinchi liga, O‘zbekiston kubogi va Superkubogi kabi musobaqalarda faoliyat olib borishga nisbatan qo‘llanilgan cheklovlar muddati tugaganligi bois, ularing faoliyatini qayta tiklanishi ta’minlanishi bo‘yicha qaror chiqarildi.
LiveBarchasi