Superkompyuter JCHda qaysi terma jamoa g‘olib bo‘lishini taxmin qildi
Sport
−
12 dekabr 2022
1222510 dekabr kuni Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining 1/4 final bosqichi o‘yinlari yakunlandi va "Five Thirty Eight" superkompyuteri Jahon chempionati uchun kurashda jamoalarning imkoniyatlarini baholadi.
Ma’lumot uchun, kompyuter jamoalarning hujum va himoyadagi kuchini aks ettiruvchi "Soccer Power Index" deb ataladigan ko‘rsatkichga asoslanadi. Argentina, Fransiya, Xorvatiya va Marokash Jahon chempionatining yarim finaliga yo‘l oldi. Superkompyuter bergan natijalarga ko‘ra, chempionlikka asosiy da’vogar Argentina terma jamoasi hisoblanadi.
1. Argentina – 37%
1/8 finalda Argentina terma jamoasi Avstraliyani (2:1), chorak finalda esa penaltilar seriyasida Niderlandiya terma jamoasini 2:2 (4:3 pen) mag‘lub etdi.
2. Fransiya – 35%
Pley-offning birinchi o‘yinida amaldagi jahon chempionlari polshaliklarni ishonchli tarzda mag‘lub etdi (3:1), 1/4 finalda esa Angliya terma jamoasi to‘sig‘idan o‘tildi – 2:1.
3. Xorvatiya – 16%
Xorvatiyaliklar 1/8 finalda Yaponiya terma jamoasini mag‘lub etdi – 1:1 (3:1 pen), chorak finalda esa turnirning asosiy favoriti hisoblangan Braziliya terma jamoasini sensatsion tarzda musobaqadan chiqarib yubordi – 1:1 (4:2 pen).
4. Marokash – 12%
Afrika terma jamoasi pley-off bosqichida ikkita sensatsiya ko‘rsatdi. Marokashliklar birinchi o‘yinda Ispaniyani mag‘lub etdi – 0:0 (3:0 pen), 1/4 finalda esa Portugaliya terma jamoasidan kichik hisobda ustun keldi – 1:0. Krishtianu Ronaldu ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq superkompyuter JCH-2022 1/4 finalining barcha o‘yinlari natijalarini bashorat qilgandi. Superkompyuter faqat Argentinaning yarim finalga chiqishini to‘g‘ri bashorat qildi. Qolgan uchta qarama-qarshilik natijasi haqida noto‘g‘ri taxmin qilindi.
JCH-2022 yarim final taqvimi:
14 dekabr
00:00. Argentina - Xorvatiya.
15 dekabr
00:00. Fransiya - Marokash.
LiveBarchasi