Superkompyuter JCH-2022 g‘olibini taxmin qildi
Sport
−
15 dekabr 2022 6886 2 daqiqa
14 dekabr kuni Qatarda Jahon chempionatining ikkinchi yarim finalida Fransiya terma jamoasi Marokashni mag‘lub etdi (2:0). "Five Thirty Eight" superkompyuteri jahon chempionligi uchun kurashadigan ikki jamoaning imkoniyatlarini baholadi.
"Soccer Power Index" deb ataladigan ko‘rsatkichga asoslanadigan kompyuter JCH finalida Argentinaning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.
1. Argentina – 53%
Janubiy Amerika terma jamoasi va jamoa yulduzi Lionel Messi turnirni muvaffaqiyatsiz boshladi, Maradona vatandoshlari guruh bosqichining birinchi uchrashuvida Saudiya Arabistoniga sensatsion tarzda mag‘lub bo‘ldi (1:2). Biroq keyingi o‘yinlarda Lionel Skaloni shogirdari bir xil 2:0 hisobida ikkita g‘alabaga erishib, (Meksika va Polsha jamoalari mag‘lub bo‘lgan) 1-o‘rinda 1/8 finalga chiqdi. Pley-offning birinchi bosqichida Argentina terma jamoasi Avstraliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi, chorak finalda dramatik o‘yinda Niderlandiya jamoasidan 2:2 (4:3 pen.) ustun keldi, yarim finalda esa Xorvatiya bilan o‘yinda jamoa aytarli muammoga duch kelmadi. Hozirda terma sardori Messining hisobida 6 ta o‘yinda kiritilgan 5 ta gol bor.
2. Fransiya – 47%
Amaldagi jahon chempionlari musobaqani Avstraliya terma jamoasini mag‘lub etishdan boshladi – 4:1, guruh bosqichining 2-turida Desham shogirdlari Daniyani mag‘lub etdi (2:1) va muddatidan avval pley-offga yo‘l oldi. Tunisdan uchralgan mag‘lubiyat (0:1) fransuzlarni guruhda ikkinchi o‘ringa tushirib yubormadi. 1/8 finalda Fransiya Polsha terma jamoasini ishonchli tarzda mag‘lub etdi – 3:1, chorak finaldagi qiyin bahsda esa Angliya to‘sig‘idan o‘tildi – 2:1, yarim finalda “Uchranglilar” marokashliklardan kuchlilik qildi – 2:0. Kilian Mbappe ham Messi kabi turnirda beshta gol urdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq superkompyuter JCH-2022 ning ikkala yarim final o‘yini: Argentina - Xorvatiya va Fransiya – Marokash o‘yinlari natijalarini taxmin qilgan edi va superkompyuterning taxmini o‘zini oqladi.
Taqvim:
17 dekabr
20:00. Xorvatiya – Marokash.
18 dekabr
20:00. Argentina – Fransiya.
Live
Barchasi