Superkompyuter APL chempioni kim bo‘lishini prognoz qildi
Sport
−
20 Oktabr 2025 4012 1 daqiqa
Britaniyaning nufuzli tahlil platformasi “Opta”ning hisob-kitoblariga ko‘ra, “Arsenal” joriy mavsum Angliya Premer-ligasi chempionligi uchun eng asosiy favorit sifatida qayd etildi.
Hozirgi vaqtda “to‘pchilar” turnir jadvalida yetakchilikni saqlab turibdi – jamoa “Manchester Siti”dan 3 ochko, “Liverpul”dan esa 4 ochko ilgarilab boryapti.
“Opta”ning superkompyuteri mavsumning qolgan qismi bo‘yicha 10 mingta simulyatsiya o‘yin o‘tkazgan va natijalarga ko‘ra, 54,48 foiz holatda chempionlik “Arsenal” foydasiga to‘g‘ri kelgan.
Shu bilan birga, “Liverpul”ning chempionlik ehtimoli “Manchester Yunayted”ga qarshi mag‘lubiyatdan so‘ng 17,21 foizgacha pasaygan.
Qolgan jamoalarning chempion bo‘lish ehtimoli quyidagicha baholangan:
- “Manchester Siti” — 17,32%
- “Chelsi” — 4,60%
- “Kristal Pelas” — 1,63%
- “Aston Villa” — 1,34%
- “Bornmut” — 1,04%
- “Nyukasl” — 0,75%
- “Brayton” —0,71%
- “Tottenxem” — 0,51%
- “Manchester Yunayted” — 0,27%
Ma’lumot uchun, “Arsenal” so‘nggi marta APL chempionilik unvonini 2003-2004 yilgi mavsumda, “mag‘lubiyatsiz mavsum” deb nom olgan tarixiy yilda qo‘lga kiritgan edi. Hozirda Mikel Arteta shogirdlari o‘sha natijani takrorlash uchun harakat qilmoqda.
Jahongir Inomjonov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025