So‘nggi yillarda Toshkentda bo‘lgani kabi Moskvada tirbandliklar ko‘p – Abbosbek Fayzullayev

Sport

image

SSKA klubining o‘zbekistonlik hujumkor yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Rossiya klubiga moslashuvi haqida fikr bildirdi.

“Menga Moskva juda yoqdi. Birdan-bir kichik muammo tirbandliklar ko‘p, xuddi so‘nggi yillarda Toshkentda bo‘lgani kabi. Moskva restoranlari ham juda ajoyib. Boshida asosiy qiyinchilik jismonan vazifalarni bajarishga tayyor emasligimda edi, chunki men formada emasdim, ammo SSKA murabbiylari jismoniy holatimni yaxshilashga yordam berdi. Hamma bilan bir vaqtning o‘zida muloqot qilish qiyin bo‘ladi deb o‘yladim, biroq barchasi oson kechdi. O‘shanda Baxa (Baxtiyor Zaynutdinov) jamoada edi va meni boshqalar bilan tanishtirardi. U menga klubga moslashishda katta yordam berdi. Shuningdek, Qahhor aka Mo‘minov doim yonimda edi. Bunday qo‘llab-quvvatlash bilan Moskvaga ko‘nikishim oson bo‘ldi”, deydi Fayzullayev.

20 yoshli hujumkor yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayev 2023 yilning avgust oyida Toshkentning “Paxtakor” klubidan SSKAga o‘tdi, uning transferi 500 ming yevroni tashkil qildi. Joriy mavsumda futbolchi klub safida barcha turnirlarda 18 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abbosbek Fayzullayev Osiyo kubogining eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lgani xabar qilingandi.

Fayzullayev musobaqa davomida 2 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. 20 yoshli futbolchi mazkur sovrin uchun kurashda janubiy koreyalik Li Kan-In, yaponiyalik Takefusa Kubo, saudiya arabistonilik Abdulloh Radif va indoneziyalik Marselino Ferdinanni ortda qoldirdi.


Maqola muallifi

Teglar

TsSKA Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing