So‘nggi 12 soat ichida koronavirus bilan bog‘liq qanday yangiliklar yuz berdi?

Olam

m_oBGh3rmTfaQJnXe5yn3VfHWtiNMJyD

So‘nggi 24 soat ichida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq qanday yangiliklar bor? Qanday voqea-hodisalar yuz berdi? Bularning bari QALAMPIR.UZ’ning 20 aprel kungi dayjestida.

Dunyo bo‘yicha koronavirusga 2 402 798 nafar odam chalindi. Shifo topgan bemorlar soni 616 193 nafarga yetdi. Afsuski, kasallik oqibatida halok bo‘lganlar soni 165 154 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu ko‘rsatkichlar 20 aprel, Toshkent vaqti bilan 7:00 dagi holatga asoslangan.

O‘zbekistonda ham ko‘rsatkichlar o‘zgardi. 2020 yil 20 aprel holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1 543 nafarni tashkil qilmoqda. Bugungacha kasallanganlarning 225 nafari davolangan, 5 nafari vafot etgan.

Qozog‘istonda koronavirusdan vafot etganlar soni 19 nafarga yetdi, deya xabar bermoqda favqulodda vaziyat rejimini ta’minlash bo‘yicha davlat komissiyasi tezkor guruhi. Qozog‘istonda shu kunga qadar 1711 ta koronavirus holati tasdiqlandi. Infeksiya tufayli, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 16 martdan beri amalda bo‘lgan favqulodda holat rejimi muddati uzaytirdi.

AQSHda bir sutka ichida 2 000 odam koronavirusga chalinish oqibatida halok bo‘ldi. 26 800 dan ziyod yangi holat qayd etildi.Mamlakatda infeksiya yuqtirganlarning umumiy soni 755 533 ga yetdi, vafot etganlar soni esa 40 500 ga yaqinlashdi. 

Rossiya poytaxti so‘nggi sutkada yana 28 kishi koronavirus oqibatida hayotdan ko‘z yumdi. Vafot etgan bemorlarning yoshi 44 dan 98 gacha bo‘lgan. Uch bemor diabet kasalligiga, yana ikki kishi surunkali bronxitga chalingan. Shunday qilib, Moskvadagi COVID-19  qurbonlari soni 204 bemorga yetdi. Rossiyada kasalliklarning umumiy soni 43 ming nafarni tashkil etmoqda. 3000 ga yaqin bemor shifo topgan.

Janubiy Koreyada so‘nggi 12 soat ichida koronavirus infeksiyasining 13 ta holati qayd etildi. Ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 10 674 kishiga yetdi, 72 kishi tuzaldi, 236 kishi vafot etdi. Bu haqda Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktikasi markazi ma’lum qilgan.

Kecha, 19 aprel kuni o‘tkazilgan G20 sog‘liqni saqlash vazirlari virtual uchrashuvida koronavirus pandemiyasi sog‘liqni saqlash tizimining zaif tomonlari haqida so‘z bordi. Videokonferensiya davomida sog‘liqni saqlash vazirlari COVID-19 pandemiyasi davrida tizimdagi qator kamchiliklarni ta’kidlab o‘tishgan. Vazirlar global sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligiga bilimlar almashish va kamchiliklarni bartaraf etish orqali erishish mumkinligini ta’kidlashgan.

Tunis Bosh vaziri Elias Faxfaxning ta’kidlashicha, koronavirus tufayli 20 mart kuni mamlakatda joriy etilgan umumiy karantin 4 maygacha uzaytirdi, shundan so‘ng asta-sekin iqtisodiy faoliyat cheklovlarini olib tashlanadi. “Odatiy hayotga qaytish tez orada ro‘y bermaydi. Cheklov choralari 4 maygacha davom etadi, ammo shundan keyin joriy qilingan choralar iqtisodiyotning ayrim sohalaridan asta-sekin olib tashlanadi”, deya ta’kidladi u.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya koronavirus Janubiy Koreyada

Baholaganlar

324

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing