Sun’iy intellekt yordamida “Doktor Strenj” ovozi bilan firibgarlik amalga oshirildi

Bu qiziq

image

Firibgarlar mo‘may daromad orttirish maqsadida o‘zbek kinoixlosmandlariga “Doktor Strenj” filmidagi obrazi bilan mashhur bo‘lgan aktyor Benedikt Kamberbetchning ovozini sun’iy intellekt yordamida soxtalashtirdi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi. 

Bildirilishicha, Ispaniyaning Peabody Films kinostudiyasiga o‘zini aktyor Benedikt Kamberbetch deb tanishtirgan “odam” qo‘ng‘iroq qilgan. U filmda sur’atga tushishga rozi ekanligi va ssenariy unga yoqqanligini aytgan. Studiya xodimlari avvaliga sun’iy tovushni xaqiqiysidan ajrata olmagan va ularga aktyorning o‘zi qo‘ng‘iroq qildi deb o‘ylab, xursand bo‘lgan.

“Kamberbetchning sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan ovozi 100% uning ovozi edi”, dedi voqeaga guvoh bo‘lgan ssenarist va rejissyor Bob Uilyam.

Suhbat davomida tovushda ozgina uzilishlar bo‘lgan. Jinoiy guruh aktyorning filmdagi ishtiroki uchun 250 000 dollar miqdoridagi pulni hisob raqamiga yuborishni so‘raganda, kompaniya xodimlarida shubha uyg‘ongan. 

So‘ngra Kamberbetchning “kloni” va uning agenti studiyaga kelib, ssenarist bilan shaxsan uchrashishdan bosh tortganida kinokompaniya xodimlari deyarli firibgarlik qurboniga aylanganini anglab yetgan.

“Sun’iy intellekt qurboni bo‘lganimizni bilib, hayratga tushdik va hafsalamiz pir bo‘ldi”, deydi kompaniya ssenaristi Uilyam.

Ma’lumot uchun, jinoiy ishlar uchun odamlarning ovozlarini taqlid qilish texnologiyasidan foydalanishni, firibgarlar allaqachon hayotga qo‘llab bo‘lgan. “McAfee” kiberxavfsizlik xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Avstraliya va Hindiston fuqarolarining o‘n foizi sun’iy intellekt tomonidan firibgarlik qurboni bo‘lgan.

Sevara Azimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

firibgarlik Sun'iy intellekt Doktor Strenj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing