Suma Chakrabarti Qosim-Jomart To‘qayevga maslahatchi bo‘ldi

Olam

image
Chakarbarti Mirziyoyevning islohotlari natijasi va YeOIIga a’zolik haqida intervyu berdi north_east

Chakarbarti Mirziyoyevning islohotlari natijasi va YeOIIga a’zolik haqida intervyu berdi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Suma Chakrabartini o‘zining shtatdan tashqari maslahatchisi etib tayinladi. Bu haqda Oqo‘rda saytida xabar berildi.

“Davlat rahbari qarori bilan Ser Suma Chakrabarti Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha shtatdan tashqari maslahatchisi etib tayinlandi”, deyiladi xabarda.

Avval bu lavozimni qozog‘istonlik taniqli iqtisodchi Oljas Xudaybergenov egallagan.

Eslatib o‘tamiz, Suma Chakrabarti 8 yil davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga rahbarlik qilgan. U “Trend” nashriga bergan intervyusida O‘zbekiston iqtisodi juda yaxshi rivojlanayotganini va bu yiliga 5-6 foizni tashkil etayotganini aytib o‘tgandi.

Chakrabartining ta’kidlashicha, Jahon bankining "Ish yuritish qulayligi" so‘nggi hisobotida, O‘zbekiston oxirgi o‘n ikki oy ichida ishbilarmonlik muhiti eng yaxshilangan yigirma mamlakat qatoriga kiritilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabartini "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suma Chakrabarti

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing