Sardor Umurzoqov Kvirikashvili va Chakrabarti bilan uchrashdi
Jamiyat
−
28 iyul
28859O‘zbekiston Prezidentining maxsus ishlar bo‘yicha maslahatchisi Sardor Umurzoqov Prezident Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi. Bu haqda Chakrabarti o‘zining X platformasidagi sahifasida yozdi.
Keltirilishicha, Suma Chakrabarti bir vaqtning o‘zida Gruziyaning sobiq bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili bilan ham ko‘rishgan. U Umurzoqov va Kvirikashvilini ikki islohotchi, deya atagan.
“Bugun kechqurun Prezidentning maxsus ishlar bo‘yicha maslahatchisi Sardor Umurzoqov va Gruziyaning sobiq bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili bilan a’lo darajada muloqot o‘tkazdik. Ikki islohotchi, o‘z mamlakatlari uchun ko‘p ishlar qilishgan”, deb yozgan Chakrabarti.
Ma’lumot uchun, 2022 yilning 16 iyul kuni davlat rahbarining tegishli farmoni bilan Prezident Administratsiyasi rahbari etib tayinlangan Umurzoqov 2023 yilning avgustiga qadar shu lavozimda ishladi. O‘tgan yilning avgust oyida Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi va Sardor Umurzoqov Prezidentining maxsus ishlar bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Umurzoqov Haj ziyoratiga borgani haqida xabar berilgandi.