Chakarbarti Mirziyoyevning islohotlari natijasi va YeOIIga a’zolik haqida intervyu berdi
Intervyu
−
10 avgust 2020
18802“So‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodi juda yaxshi rivojlanmoqda va bu yiliga 5-6 foizni tashkil etmoqda. Bunda esa Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni ko‘raman”, deydi Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sobiq rahbari Suma Chakrabarti Ozarbayjonning “Trend” nashriga bergan intervyusida.
“Ushbu islohotlar sarmoyaviy muhitni yaxshilash, valyutalar, narxlar va savdoni erkinlashtirish, soliq stavkalarini pasaytirish va majburiy mehnatdan voz kechishni o‘z ichiga oladi. Siyosiy islohotlar bilan bir qatorda, ushbu yondashuv “The economist" jurnali tomonidan O‘zbekistonning 2019 yilda haqli ravishda “Yil mamlakati” deb tan olinishiga olib keldi. Iqtisodiy o‘sish hukumatga o‘z daromadlaridan sanoatda ham, izmat ko‘rsatish sohasida ham investitsiyalarni ko‘paytirish uchun foydalanishga imkon berdi”, deydi Chakrabarti.
YeTTBning sobiq prezidentining so‘zlariga ko‘ra, barcha mustaqil baholash ko‘rsatkichlari (masalan, Jahon banki), O‘zbekistonning biznes sektorida shaffoflik oshib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Uning ta’kidlashicha, Jahon bankining "Ish yuritish qulayligi" so‘nggi hisobotida, O‘zbekiston oxirgi o‘n ikki oy ichida ishbilarmonlik muhiti eng yaxshilangan yigirma mamlakat qatoriga kiritilgan.
"O‘zbekiston o‘z e’tiborini investorlarning manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirishga, soliqlarni to‘lash tartibini soddalashtirishga, savdodagi tarifsiz to‘siqlarni kamaytirishga, shuningdek shartnomalar bajarilishini sezilarli darajada yengillashtirishga qaratdi. 2011 yilda O‘zbekiston Jahon banki reytingida 166-o‘rinni egalladi. 2019 yilda Prezident Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilgan islohotlar natijasida O‘zbekiston 69-o‘ringa ko‘tarildi”, deydi Chakrabarti.
Mutaxassis so‘zida davom etarkan, O‘zbekistonning Jahon savdo takshilotiga kirish bo‘yicha muzokaralari qayta boshlanganidan mamnunligini bildirdi.
"O‘zbekistonning JSTga kirish jarayoni qayta boshlangani juda yaxshi yangilik. A’zolikka erishish uchun hali ko‘p ish qilinishi kerak, ammo O‘zbekiston ushbu ustuvor yo‘lda AQSH, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya va Janubiy Koreyaning ko‘chagidan foydalanmoqda", deydi Chakrabarti.
Shuningdek, u JSTga a’zo bo‘lish jarayoni kelgusidagi iqtisodiy islohotlarning katalizatoriga aylanishi mumkinligini va ushbu nufuzli tashkilotga qo‘shilish O‘zbekiston eksportining jahon bozorlarining 95 foiziga kirishiga imkon berishini ta’kidladi.
“AQSHda har yili qayta ko‘rib chiqish kerak bo‘lgan Jekson-Venik tuzatishlaridan voz kechish, O‘zbekiston hukumati amalga oshirayotgan islohotlarni tan oladi va iqtisodiyotga ham foydali bo‘ladi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zolikka kelsak, O‘zbekiston qo‘shnilari Qozog‘iston va Qirg‘iziston tajribasiga tayanib, xarajat va manfaatlarni sinchkovlik bilan ko‘rib chiqishi kerak”, deydi Chakrabarti.
Ma’lumot o‘rnida, Suma Chakrabarti Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 2012 yildan 2020 yilgacha boshqardi. Ikki muddat raislik lavozimini egallagan Chakrabarti joriy yilning 2 iyul kuni iste’foga chiqdi. Shavkat Mirziyoyev mamlakatda qulay sarmoyaviy va ishbilarmonlik muhitini shakllantirish jarayonlarini faol qo‘llab-quvvatlagani uchun Suma Chakrabarti O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi.
Shavkat Mirziyoyev Prezident lavozimini egallaganidan buyon 4 marotaba – 2017 yilning 17 mart kuni, 2018 yilning 1 avgust kuni, 2019 yilning 10 iyun kuni va 2020 yilning 5 mart kuni Suma Chakrabartini qabul qilgan. 2020 yilning 11 iyun kuni u bilan videoaloqa orqali muzokara o‘tkazgan.
LiveBarchasi