Mirziyoyev maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
Jamiyat
−
22 noyabr
4211O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 22 noyabr kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, "O‘zbekiston - 2030" strategiyasini joriy yilgi davlat dasturi doirasida amalga oshirishning holati hamda kelgusi yilda islohotlarni yanada ilgari surish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Davlat boshqaruvida kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Uchrashuvda O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni doirasidagi keyingi qadamlar muhokama qilingan. Milliy qonunchilikni JST qoidalari va talablari bilan uyg‘unlashtirishni jadallashtirish, shuningdek, mamlakatning global reytinglardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha ishlarni davom ettirish zarurligi qayd etilgan.
“Prezidentimiz rejalashtirilgan barcha loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish, strategik islohotlar kun tartibini yangi tashabbuslar bilan, ayniqsa mamlakatimizda e’lon qilingan Atrof-muhitni muhofaza qilish va "yashil" iqtisodiyot yilidagi vazifalarni hisobga olib yanada boyitish muhimligini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi