Mirziyoyev o‘zining britaniyalik maslahatchisi bilan iqtisodiy masalalarni muhokama qildi
Jamiyat
−
17 dekabr 2022
5961O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 16 dekabr kuni o‘zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi.
Unda mamlakatdagi iqtisodiyot va boshqaruvni isloh qilish doirasida erishilgan natijalar va bu boradagi kelgusi rejalar ko‘rib chiqilgan.
Davlat rahbari barcha muhim yo‘nalishlardagi yangilanishlarga to‘xtalar ekan, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini ta’minlash, davlat boshqaruvida transformatsiya jarayonlarini shuningdek, raqamlashtirish va investitsion jozibadorlik borasidagi ishlarni davom ettirish muhimligini alohida ta’kidlagan.
Suma Chakrabarti dunyo iqtisodiyotidagi murakkab vaziyatda O‘zbekiston tomonidan ko‘rilayotgan samarali chora-tadbirlar iqtisodiy islohotlarning dinamikasini ta’minlayotganini ta’kidlab, bu sohadagi birgalikdagi sa’y-harakatlarni yangi bosqichda davom ettirishni qo‘llab-quvvatlagan.
Uchrashuvda kun tartibidagi boshqa muhim yo‘nalishlar ham ko‘rib chiqildi.
LiveBarchasi