Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

Mirziyoyev maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 19 mart kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan.

Mamlakat investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini yakunlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish, xorijdagi yetakchi ta’lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

“Bo‘lajak O‘zbekiston investitsiya salohiyati "roud-shousi" va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetakchi xorijiy kompaniyalar va moliyaviy institutlarni jalb qilgan holda yuqori saviyada o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, uchrashuvda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi huzurida Toshkent xalqaro tijorat sudini ishga tushirishning amaliy jihatlari, mamlakatning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash, iqtisodiy rivojlanish sohasida fundamental tadqiqotlar olib borish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili noyabr oyida ham Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. O‘shanda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini joriy yilgi davlat dasturi doirasida amalga oshirishning holati hamda kelgusi yilda islohotlarni yanada ilgari surish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni doirasidagi keyingi qadamlar muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Suma Chakrabarti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing