Sulaymoniy qabri yaqinidagi terakt oqibatida 70 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
Olam
−
03 yanvar
8595Eronning Kirmon shahrida Quds kuchlari qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy o‘limining to‘rt yilligiga bag‘ishlangan marosim o‘tkazilayotgan qabriston yaqinida ikkita portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Tasnim” agentligi xabar berdi.
Eron rasmiylarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni 70 nafardan oshgan, 170 ga yaqini yaralangan.
“Portlashlar teraktlar tufayli sodir bo‘lgan”, deyiladi davlat matbuotida Kirmon viloyatidagi mahalliy amaldorning so‘zlaridan iqtibos keltirib.
“Nournews”ning yozishicha, qabristonga olib boruvchi yo‘lda bir nechta gazballonlari portlagan.
Davlat televideniyesi Qizil yarim oy qutqaruvchilari yuzlab eronlik ishtirok etgan motam marosimida yaradorlarni davolayotganini aytmoqda.
Ma’lumot uchun, bundan roppa-rosa 4 yil avval, 2020 yil 3 yanvar kuni AQSH havo hujumi oqibatida Quds kuchlari qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy halok bo‘lgandi. Uning dafn marosimida tiqilinch bo‘lib, kamida 56 kishi halok bo‘lgan va 200 dan ortiq kishi jarohat olgan.
LiveBarchasi
26 noyabr