Sulsher MYU murabbiyligidan bo‘shatiladi

Sport

image

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher tez orada bosh murabbiy vazifasidan ozod qilinadi. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, klub rahbariyati direktorlar kengashining shoshilinch yig‘ilishida “qizil iblislar”ning APL 12-turi doirasida “Uotford”ga qarshi o‘yinida (1:4) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng, shunday qarorga kelgan.

Gleyzerlar oilasi favqulodda kengash yig‘ilishini chaqirgan va boshqaruvchi direktor Richard Arnoldga Sulsherni ishdan bo‘shatishning aniq shartlarini muhokama qilish topshirilgan.

“Yunayted” norvegiyalik mutaxassis bilan uch yillik shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun taxminan 7,5 million funt kompensatsiya to‘lashi kerak. Sulsher joriy yilning avgust oyida jamoa bilan yangi shartnoma imzolagan edi. Biroq shartnomaga ko‘ra, agar u bekor qilinsa, Olega bir mavsum uchungina tovon puli to‘lanishi belgilab qo‘yilgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, mankunianliklar 17 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalining 7-pog‘onasida bormoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Sul'sher APL Uotford Man Yunayted Gleyzerlar oilasi

Baholaganlar

38

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing