So‘xdagi mojarodan keyin tumanga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
03 iyun 2020
13653Bugun, 3 iyun kuni Farg‘ona viloyati So‘x tumanida navbatdan tashqari sessiya bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.
2019 yildan buyon tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Sayidbahrom Sayidmusayev So‘x tumani hokimi etib tayinlandi.
U 1970 yilda Qo‘shtepa tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universiteti, IIV akademiyasini tamomlagan. Quva, Beshariq tuman hamda Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i hamda viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
Avval xabar qilinganidek, 2020 yil 31 may kuni O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi “Chashma” uchastkasida O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaradosh hududlari aholisi o‘rtasida mojaro kelib chiqqan edi. Mojaro “Chashma” bulog‘ini ariqlarini birgalikda tozalash paytida kelib chiqqan.
Ikki mamlakatning chegaradosh viloyatlari rahbarlarining muzokaralari natijasida vaziyat to‘liq nazoratga olindi.
Vazirliklar va viloyat boshqarmalar rahbarlari So‘x tumanida bo‘lib, aholi muammolarini o‘rganish va hal qilish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida manzilli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqdi.
LiveBarchasi