So‘x tumani aholisi uchun 5 ta tumandan yer maydoni ajratiladi
Jamiyat
−
08 avgust 2020
14069So‘x tumani aholisi uchun Farg‘ona viloyatining Yozyovon, Qo‘shtepa, Bag‘dod, Rishton va Buvayda tumanlari hududida dehqonchilik qilish uchun ekin yer maydoni va ipoteka kreditlari asosida kvartiralar ajratiladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berildi.
Qaror bilan, Farg‘ona viloyati hududida markazlashtirilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlariga, shuningdek sanoat korxonalarida yangi tashkil etilayotgan ish o‘rinlariga So‘x tumani aholisini keng jalb qilinadi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda So‘x tumanining ish bilan bandligi ta’minlanmagan aholining bir qismini Toshkent shahrida yirik ob’ektlarda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlariga tizimli ravishda jalb qilinishini ta’minlaydi.
Qaror bilan qabul qilinayotgan dasturga ko‘ra:
• So‘x tumani Qayroq massividagi 1 448 gektar yaylov maydonlarini o‘zlashtirish uchun uch ko‘tarmali “Qayroq” nasos stansiyasini bosqichma-bosqich quriladi;
• So‘x tumani Hushyor shirkat xo‘jaligi Bo‘ston hududidagi 600 gektar ekin yer maydonlari va 100 gektar aholi tomorqalarini kafolatli suv bilan ta’minlash uchun “Hushyor-1” va “Hushyor-2” nasos stansiyalarini ta’mirlash, 1 dona yangi nasos agregatini o‘rnatish va 1,5 km uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr liniyasi tortiladi;
• tumanning “Vargan”, “Kasmidon”, “Samidon”, “Malbut”, “Devayron”, “Toyon” va “Hushyor” massivlaridagi foydalanishdan chiqib ketgan 336 gektar sug‘oriladigan yer maydonlarini 11 ta tik sug‘orish quduqlari va nasos agregatlarini qurish orqali o‘zlashtiriladi. Bunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2 ta burg‘ulash texnikasini ajratiladi;
• 4 525 ta xonadonning 462 gektar tomorqa yer maydonlarini kafolatli suv bilan ta’minlash maqsadida 12 ta tik quduq qazish va “Sharqobod” hududidagi mavjud nasos agregatlarni to‘liq rekonstruksiya qilinadi;
• loyiha institutlarini jalb qilgan holda “Javpoya” massividagi adirlik yer maydonlarini o‘zlashtirishning iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha xulosa tayyorlanadi;
• tumanda barcha turdagi texnikalarga bo‘lgan talabni aniqlash va talab etiladigan texnikalar 2020–2021 yillarda tijorat banklarining kam foizli kreditlari yoki lizing asosida yetkazib berishladi;
• 2020 yilda 9,5 km va 2021 yilda 12,4 km sel yo‘llarini ta’mirlash va qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlarini amalga oshiriladi;
• So‘x tumani “Chashma” MFY hududidagi “Obishirsoy” ustida joylashgan “Tariq” ko‘prigini yangidan quriladi.