Bosh vazir yana So‘x tumaniga bordi
Jamiyat
−
12 avgust 2020
11770O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun, 12 avgust kuni Farg‘ona viloyatining eng chekka muammoli hududlaridan biri bo‘lgan So‘x tumaniga bordi. Ayni vaqtda Hukumat rahbari raisligida tuman faollari yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Ayni paytda So‘x tumanida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov ishtirokida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 8 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi.
Mazkur qaror bilan 2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Ushbu dasturga 146 ta loyiha kiritilgan bo‘lib, ular jami 639 milliard so‘m mablag‘ sarflanadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 may kuni O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi “Chashma” uchastkasida O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaradosh hududlari aholisi o‘rtasida mojaro kelib chiqqan edi. Mojaro “Chashma” bulog‘ini ariqlarini birgalikda tozalash paytida kelib chiqqan.
Ikki mamlakatning chegaradosh viloyatlari rahbarlarining muzokaralari natijasida vaziyat to‘liq nazoratga olindi.
Vazirliklar va viloyat boshqarmalar rahbarlari So‘x tumanida bo‘lib, aholi muammolarini o‘rganish va hal qilish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida manzilli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqdi.
LiveBarchasi