So‘x tumanidan samolyot va vertolyot qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
08 avgust 2020
14447O‘zbekiston – Qirg‘iziston Hukumatlararo komissiyalar uchrashuvlarida Davlat chegaralari delimitatsiya masalasini hal etish, Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidan Qirg‘iziston hududidan o‘tuvchi So‘x tumaniga avtomobil yo‘lini ochish masalasini va Qirg‘iziston hududidagi yaylovlardan foydalanish masalasini ko‘rib chiqish belgilandi. Bu haqda Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan qabul qilinayotgan 2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturida so‘z boradi.
Qaror bilan, Tashqi ishlar vazirligi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda Qirg‘iziston Respublikasi havo hududidan foydalanish masalasini hal etishi belgilangan.
Shuningdek, Transport vazirligi Qirg‘iziston Respublikasi havo hududidan foydalanish masalasi to‘liq hal etilgandan keyin bir hafta muddatda Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti orqali aholiga maqbul narxlarda qatnovlar yo‘lga qo‘yilishini ta’minlashi belgilangan.
Farg‘ona viloyati hokimligi bir oy muddatda So‘x tumanida samolyot va vertolyotlar uchun uchish-qo‘nish maydonchalarini tashkil etishi lozim.
Moliya vazirligi Farg‘ona shahridan So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti qatnovi bo‘yicha ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun kompensatsiya to‘lovlarini joriy yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan qoplanishini va kelgusi yillarda Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlashi kerak.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr