So‘xda aerodrom qurilishi boshlandi
Jamiyat
−
08 fevral 2021
9540Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida aerodrom qurilishi boshlandi. Aerodrom 4,5 gektar maydonda barpo etiladi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi xabar berdi.
Mazkur aerodrom qurilishi uchun tumanning “Novobod” MFY hududidan ja’mi 4,5 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, uchish va qo‘nish maydonchasining uzunligi 650 metr va eni 100 metrni tashkil etadi. Loyiha qiymati 12 mlrd so‘mdan iborat. Qurilish ishlarini may oyiga qadar yakuniga yetkazish rejalashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida: Prezidentning “So‘x tumanini 2020–2021 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida So‘x tumanida aerodrom qurish vazifasi topshirilgan edi.
O‘shanda aviaqatnovlarga O‘zbekistondagi "Humo AIR" aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda O‘zbekiston havo yo‘llarining "Uzbekistan Helicopters" mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli MI-8 vertolyotlarini jalb qilish rejalashtirilganligi aytilgan edi.
Boshlang‘ich bosqichda kuniga 2 tadan parvozlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan edi.