Pul evaziga ayolga yaqin munosabat taklif qilgan 19 yoshli yigit qamaldi

3-sahifa

image

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan 19 yoshli yigitga 4 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudining joriy yilning 20 avgust kuni chiqargan qaroriga ko‘ra, 2007 yilda tug‘ilgan H.I. 10 avgust kuni soat 10:30 atrofida Qizilqiyoq mahallasidagi 12-sonli maktab oldida N.Sh. ga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan. U ayolga nisbatan nomaqbul va shahvoniy mazmundagi gaplarni aytib, pul evaziga yaqin munosabat taklif qilgan.

H.I. sudda qilmishini tan olgan va pushaymonligini bildirgan. U ayolni tanimasligini, gaplarni hazil tariqasida aytganini, keyinchalik uning yoshi katta ekanini bilganini aytgan. N.Sh. esa sudda voqeani tasdiqlab, H.I. ning gaplaridan norozi bo‘lgani va holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilganini bildirgan.

Sud H.I. ning harakatlarini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismi bilan to‘g‘ri kvalifikatsiya qilingan deb topgan. Unga 4 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz tumani Tibbiyot birlashmasida tashkiliy metodika bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan shaxs nogironlikdan davolanish uchun order so‘rab murojaat qilgan ayolga jinsiy yaqinlikni taklif qilgani uchun 3 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing