To‘ra Bobolov koronavirusdan sog‘aydi

Jamiyat

image

Koronavirusga chalingan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Toshkent shahrida davolanishdan so‘ng butkul sog‘ayib, vohaga qaytdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

To‘ra Bobolov Termiz xalqaro aeroportida viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari va boshqa mutasaddilar bilan muloqot o‘tkazib, vohada olib borilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, koronavirus pandemiyasini jilovlash, aholi salomatligini muhofaza qilish, pandemiya sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarning barqaror ishlashini ta’minlash hamda boshqa zarur masalalar hususida atroflicha fikr almashdi.

Eslatib o‘tamiz, To‘ra Bobolov koronavirusga chalingani joriy yilning 18 iyulida ma’lum bo‘lgandi. Davolanish davomida To‘ra Bobolov vafot etgani haqida ham xabarlar tarqaldi va ko‘p o‘tmay rasman bu ma’lumot inkor qilindi.

Avvalroq, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ham koronavirusga chalinib, undan davolangani ma’lum bo‘lgandi.

Bundan tashqari, Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev, Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolov ham koronavirusga chalingan va so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ular davolanishda davom etyapti. 


Maqola muallifi

Teglar

To'ra Bobolov

Baholaganlar

142

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing