“Yiqilgan kurashga to‘ymas”. To‘ra Bobolov yana hokim bo‘ldi
Jamiyat
−
01 avgust 2023
35661To‘ra Bobolov Abdiyevich Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tayinlovga qadar To‘ra Bobolov Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, To‘ra Bobolov 2022 yil 26 dekabrda boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan edi. Uning o‘rniga Prezident farmoni bilan Ulug‘bek Qosimov Berdiqobilovich hokim etib tayinlangandi.
Shuningdek, u 2017 yildan 2019 yil aprelgacha Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiy va biznes masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2019 yil 1 maydan Bobolov viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlangan edi.
LiveBarchasi