Oqqo‘rg‘onda fuqarolar mashina yukxonasida cho‘milib, “shashlik” yedi (video)
3-sahifa
−
12 iyul 2025 20042 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida fuqarolar harakatlanib ketayotgan avtoulovni yukxonasiga suv to‘ldirib, ichida ovqatlangani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi munosabat berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu harakatlar Instagram tarmog‘ida obunachilarni ko‘paytirish hamda o‘z choyxonalarini targ‘ib qilish uchun amalga oshirilgan.
Bildirilishicha, yukxonasi “basseyn”ga aylangan transport vositasi jarima maydoniga qo‘yilgan, qolaversa, ushbu harakatlarni sodir etgan barcha fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ularning har biriga 12 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatida ko‘chada ketayotib rul ustida osh yegan va keyinchalik mashinasiga ofis konditsionerini o‘rnatgan va 3 g‘ildirakli avtomobilni haydab, shov-shuv ko‘targan blogerlar jazolangandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust