To‘ra Bobolov yangi lavozimda ish boshladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 24 fevral kuni Toshkentda O‘zbekiston-Ozarbayjon ishbilarmonlar kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu tadbirda To‘ra Bobolov Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari va O‘zbekiston tomoni ishbilarmonlar kengashi hamraisi sifatida ishtirok etgan. Shuningdek, tadbirda Ozarbayjon Tadbirkorlar (ish beruvchilar) tashkilotlari milliy konfederatsiyasi prezidenti va ishbilarmonlar kengashi Ozarbayjon tomoni hamraisi Vugar Zeynalov, turli vazirlik va idoralar hamda ishbilarmon doira vakillari qatnashgan.

Qayd etilishicha, mazkur tadbirning asosiy maqsadi O‘zbekiston-Ozarbayjon o‘rtasidagi investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash masalalari bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, To‘ra Bobolov 2022 yil 26 dekabrda boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etilgan edi. 

Shuningdek, u 2017 yildan 2019 yil aprelgacha Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiy va biznes masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. 2019 yil 1 maydan Bobolov viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

To'ra Bobolov yangi lavozim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing