Nilufar Allabergenova yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

−

image

Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Nilufar Anvarovna Allabergenova Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Nilufar Allabergenova tayinlovga qadar Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Nilufar Allabergenova 1971 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1995 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Allabergenova shu paytgacha qator mas’uliyatli vazifalarda, shu jumladan, turli yillarda Yashnobod, Chilonzor va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida prokuror o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2019 yildan shu 2023 yilning oktyabr oyiga qadar Yakkasaroy tumani prokurori sifatida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing