Prokurorni so‘kkan Bobolovga jazo berildi
Jamiyat
−
27 Sentabr 2022
23791O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminiyatratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov raisligida o‘tayotgan tanqidiy yig‘ilishda bir necha hokimlar lavozimidan ozod etilishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik. Prezident Administratsiyasidan ilk mujdalar kela boshladi.
Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovga prokurorni haqorat qilgani uchun jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan o‘z faoliyatini davlat siyosati va amalga oshirilayotgan islohotlarga mos ravishda tashkil etmagani, hokimlarga qo‘yiladigan talablarga rioya etmasdan majlis qatnashchilarini haqorat qilganligi va bu bilan keng jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘lgani uchun Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolovga jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi”, deyiladi Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov tarqatgan xabarda.
So‘kong‘ich Bobolov
Avgust oyi o‘rtalarida ijtimoiy tarmoq Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovga oid, deb aytilayotgan haqoratlar va so‘kinishlarga to‘la audioyozuvdan larzaga keldi. To‘ra Bobolov va Angor tumani prokurori o‘rtasidagi telefon orqali suhbat yozib olingani aytilmoqda.
Audiodan anglashilishicha, prokuror davlat byudjetini talon-toroj qilishda gumonlangan tashkilot xodim yoki rahbarlarini so‘roq qilish uchun tergovga jalb qilgan. Go‘shak orqali unga holat bo‘yicha qayta tekshiruv o‘tkazish haqida buyruq berilgan. Prokuror esa buni pisand qilmagan. Ana undan keyin ko‘ring tomoshani. Itaraman, tiqib yuboraman, ket, sen meni sovunimga kir yuvmabsan... Hokimbuvaning og‘zidan chiqqanlarni eshitgan bo‘lsangiz kerak. Ushbu audioyozuv bo‘yicha Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati oqlov xabarnomasini e’lon qildi. Aytilishicha, ushbu ovoz yig‘ilishda yozib olingan.
“Asl holatda yig‘ilishda kun tartibiga qo‘yilgan masalalar muhokamasi jarayonida viloyat rahbari Angor tumani sektor rahbarlaridan tumanning investitsiya, eksport va soliq tushumlari bo‘yicha yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarini tanqidiy muhokama qilib, tanbeh bergan. Shu jumladan, tuman prokuroriga ham. Mazkur yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tganligi sababli viloyat hokimi asabiy holatda gapirishga majbur bo‘lgan.
Agar ushbu yig‘ilish jarayonidan kesib olinib montaj qilingan va turlicha talqin etilayotgan audiomaterialdagi holatlar o‘rganish natijasida qonunga xilof deb topilsa, qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishiga tayyorligimizni ma’lum qilamiz”, deyiladi munosabatda. Nima? Nima deyapsizlar? Nega unda hokim gapni orasida trubkani ber deydi? Yo Surxondaryoda majlislar telefonda o‘tkaziladimi?
Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar ortidan Bosh prokuratura tarqalgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz bergani hamda boshqa holatlar bo‘yicha o‘rganish boshlaganini e’lon qildi.
LiveBarchasi