Sudandagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lganlar soni 420 nafarga yetdi

Olam

image

Sudanda armiya va Tezkor harakat kuchlari (RSF) o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lgan tinch aholi soni 420 nafarga yetdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ga tayanib, "Al Arabiya" telekanali xabar berdi.

"Sudandagi janglarda halok bo‘lganlar soni 420 nafarga yetdi, 3,7 ming kishi jarohat oldi", deyiladi xabarda.

Joriy yilning 23 aprel kuni tongda Sudan Shifokorlar qo‘mitasi 260 dan ortiq tinch aholi mojaro qurboni bo‘lgani, 1,5 mingdan ortiq kishi jarohatlanganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, 20 mingdan ortiq kishi uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

Sudanda vaziyat qanday?

Suveren kengashga (mamlakat boshqaruv organi) ham rahbarlik qilayotgan armiya qo‘mondoni Abdulfattoh al-Burxon va uning kengashdagi o‘rinbosari maxsus kuchlar qo‘mondoni Muhammad Hamdan Dagalo o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli Sudanda vaziyat keskinligicha qolmoqda.

Joriy yilning 15 aprel kuni avj olgan to‘qnashuvlar 2021 yilgi harbiy to‘ntarishdan keyin boshlangan siyosiy inqirozning davomi ekani aytilmoqda. Tezkor harakat kuchlari va armiya ikki yildan beri o‘tish davri hukumatini shakllantirish bo‘yicha kelisha olmagan turli siyosiy guruhlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Tezkor qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar (RSF) jangarilari mamlakatdagi kamida uchta aeroportni, shuningdek, qator harbiy ob’ektlar va Prezident saroyini egallab olganini aytishgan.

Biroq Sudan Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Abdel Fattoh al-Burxonning ta’kidlashicha, RSF'ning Prezident saroyi, poytaxt aeroporti va qurolli kuchlar shtab-kvartirasini nazorat qilayotgani haqidagi bayonotlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. General Burxon “Al Jazeera” nashri bilan suhbatda harbiylar vaziyatni to‘liq nazorat qilayotganini ta’kidlagan.

Sudan poytaxti Xartumdagi ko‘plab yo‘llar va ko‘priklar to‘sib qo‘yilgan, aeroport ham urush hududiga aylangan, u yerga parvozlar to‘xtatilgan. Ukraina ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, harbiy harakatlar oqibatida Ukrainaning SkyUp aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti aeroportda yonib ketgan.

Birlashgan Arab Amirliklarining Xartumdagi elchixonasi mojaro qanday kechayotganini katta tashvish bilan kuzatayotganini qayd etib, muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish va yangi hukumatni shakllantirishda milliy konsensus (kelishuv)ga erishish zarurligini yana bir bor eslatib o‘tgan.

Shuningdek, AQSHning Xartumdagi elchisi Jon Godfri o‘q ovozlaridan uyg‘onganini hamda hozirda xuddi Xartumdagi va boshqa joylardagi sudanliklar kabi elchixonada boshqa diplomatlar bilan yashirinib yurganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sudan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made