Sudanda hokimiyat uchun janglar boshlandi
Olam
−
18 Sentabr 2023
4907Sudan poytaxti Xartumda armiya va Tezkor harakat kuchlari (RSF) o‘rtasida shiddatli janglar qayta boshlandi. Bu haqda kecha, 17 sentyabr kuni guvohlarga tayanib, DPA axborot agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, Xartum hamda unga yaqin Bahri va Omdurman shaharlarida og‘ir artilleriya va harbiy samolyotlar ishtirokidagi janglar 16 sentyabr kuni ertalabdan beri davom etmoqda. Sudan armiyasi Xartum markazidagi armiya shtab-kvartirasiga RSF hujumini qaytarganini va uning o‘nlab jangarilarini o‘ldirganini aytgan. RSF esa hali ham yo‘qotishlar haqida izoh bermagan.
“Poytaxtdagi janglar oqibatida bir qancha binolar, jumladan, neft kompaniyasining 18 qavatli minorasi yonib ketdi. Tinch aholining yangi qurbonlari haqida hech narsa ma’lum emas. Xartum markazi evakuatsiya qilingan, biroq uning atrofidagi turar-joylarda ham janglar ketmoqda”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, de-fakto davlat rahbari Abdulfattoh Al-Burxon boshchiligidagi Sudan armiyasi va harbiylashtirilgan Tezkor harakat kuchlari (RSF) o‘rtasidagi janglar 15 apreldan beri davom etmoqda. Hech bir tomon haligacha ustunlikka erishib, hokimiyatni to‘liq qo‘lga kirita olmadi.
LiveBarchasi